QRdasturxon

30 kun bepul · karta so'ralmaydi

Kafengiz menyusi — mijoz telefonida

Stolga QR kod qo'yasiz, mijoz skanerlaydi — menyu telefonida ochiladi va o'sha yerdan buyurtma beradi. Narx o'zgarsa bitta joyda tahrirlaysiz, qayta chop etish yo'q.

Kafe, qahvaxona va shirinlik do'konlari uchun · Dastur o'rnatish shart emas


01Qanday ishlaydi

Uch qadam, bir kunda

1

Menyuni kiritasiz

Kategoriya, taom, narx va rasm. Uch tilda — mehmonlar uchun.

2

QR kodni chop etasiz

Tayyor QR kodni stolga qo'yasiz. SVG — istalgan o'lchamda aniq chiqadi.

3

Menyuni istagancha o'zgartirasiz

QR kod o'sha-o'sha. Qayta chop etish hech qachon kerak bo'lmaydi.

02Imkoniyatlar

Ichkarida nima bor

Aytib o'tirmaymiz — ko'rsatamiz.

Statistika

Qaysi taom ishlayapti — raqam bilan

Menyu necha marta ochilgani kunma-kun ko'rinadi. Qaysi taom ko'proq qiziqtirgani ro'yxatda turadi. Kun, hafta, oy yoki o'zingiz tanlagan sana oralig'i bo'yicha.

Bu menyudan nima olib tashlash kerakligini ham ko'rsatadi.

Uslublar

Menyu sizning ko'rinishingizda

Bitta bosishda butun menyu uslubi o'zgaradi — shrift, burchaklar, soyalar va rang birga. Keyin asosiy rangni o'zingizga moslaysiz.

Quyidagi to'rt karta — aynan menyudagi ko'rinish.

Izoh va baho

Mijoz fikri — lekin sizning ruxsatingiz bilan

Mijoz taomga izoh qoldiradi va yulduz qo'yadi. Lekin u menyuda faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin ko'rinadi.

Ya'ni "yomon izoh chiqib qoladi" degan xavotir yo'q.

QR kod

Chop eting va stolga qo'ying

QR kod tayyor holda beriladi. SVG — istalgan o'lchamda aniq chiqadi. Menyuni keyin necha marta o'zgartirsangiz ham QR kod o'sha-o'sha.

Qog'oz menyu kerak bo'lsa — xuddi shu ma'lumotdan chop etiladi.

Telefoningiz bilan skanerlang — namuna menyu ochiladi

Buyurtma

Mijoz stoldan buyurtma beradi

Har stolda o'z QR kodi. Mijoz skanerlaydi, tanlaydi va yuboradi — afitsantning telefoni jiringlaydi va qaysi stol ekani darrov ko'rinadi.

Javob berilmasa eslatma qaytariladi. Buyurtma qabul qilinsa bildirishnoma o'zi o'chadi.

Kombo va texkarta

To'plam qiling, tarkibini ko'rsating

Bir necha taomni bitta to'plamga yig'asiz va narxini o'zingiz belgilaysiz. Qancha tejalishi mijozga o'zi hisoblanib ko'rsatiladi.

Tarkibidagi taom yashirilsa to'plam menyudan o'zi yo'qoladi — bajarib bo'lmaydigan buyurtma tushmaydi.

Wi-Fi paroli menyuda

Mijoz menyuni ochgan — paroli ham o'sha yerda. Kuniga o'nlab marta so'raladigan savol yopiladi.

Uch tilli menyu

Bir marta kiritasiz — mijoz o'z tilida ko'radi. Tarjima bo'lmasa o'zbekchasi chiqadi.

Taom belgilari

O'tkir, vegetarian va allergen ma'lumoti. Mijoz so'ramaydi, xodim vaqti tejaladi.

Texkarta

Taom tarkibini yozasiz — mijoz menyuda ro'yxat bo'lib ko'radi. Ingredientni bittalab narxlash shart emas.

Bo'lim rasmlari

Har bo'limga rasm qo'yasiz. Uzun menyuda ko'z so'zni o'qigunicha rasmni topib bo'ladi.

Bino va QR arxivi

Qavat va bo'limlarni o'zingiz yig'asiz, stollarni xohlagancha raqamlaysiz. Barcha QR bitta arxivda — nomida qayerniki ekani yozilgan.

Afitsant ilovasi

Android ilova: buyurtma kelganda ovoz va kuchli tebranish. Shovqinli zalda ham seziladi.

Xodimlar

Kim nechta buyurtmaga javob berdi va qancha tez. Har xodimning ish tarixi, bahosi va parolini o'zingiz boshqarasiz.

Menyu dizayni

Sakkizta tayyor shablon va o'z rangingiz. Tanlaganingizni o'z taomingiz bilan darrov ko'rasiz.

Boshqaruv paneli

Bugun nechta buyurtma javob kutyapti, qancha summa yig'ildi va o'rtacha qancha vaqtda javob berilyapti — bir qarashda.


03Narxlar

Qulay narxlar

30 kun bepul sinab ko'ring — karta so'ralmaydi. Oylik yoki yillik to'lang.

Oylik Yillik −17%

Bepul

30 kun bepul boshlash 30 kun bepul boshlash

  • 20 ta taom
  • 3 ta kategoriya
  • Faqat o'zbekcha
  • Wi-Fi paroli va taom belgilari
  • 7 kunlik statistika
30 kun bepul boshlash
TejamkorTejaysiz

To'liq

100 000 so'm/oy 1 000 000 so'm/yil

  • Cheksiz taom
  • Cheksiz kategoriya
  • Uch til (o'zbek, rus, ingliz)
  • Wi-Fi paroli va taom belgilari
  • 365 kunlik statistika
  • Bugungi taklif bo'limi
  • Taomlarga mijoz izohlari
  • Chop etish uchun menyu
  • To'lov — Telegram orqali
Sotib olish

To'lov qanday bo'ladi

  1. 1 Ro'yxatdan o'tasiz — 30 kun hamma imkoniyat ochiq, karta so'ralmaydi
  2. 2 Davom ettirmoqchi bo'lsangiz Telegramdan yozasiz
  3. 3 To'lovni o'tkazasiz — tarifingiz o'sha kuni ochiladi
Telegramdan yozish

Boshlash

Kechqurun stolda QR kod turadi

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Menyuni kiritib, kechga QR kodni stolga qo'yasiz. Savol bo'lsa qo'ng'iroq qiling — menyuni kiritishda ham yordam beramiz.