30 kun bepul · karta so'ralmaydi
Stolga QR kod qo'yasiz, mijoz skanerlaydi — menyu telefonida ochiladi va o'sha yerdan buyurtma beradi. Narx o'zgarsa bitta joyda tahrirlaysiz, qayta chop etish yo'q.
Kafe, qahvaxona va shirinlik do'konlari uchun · Dastur o'rnatish shart emas
01Qanday ishlaydi
Kategoriya, taom, narx va rasm. Uch tilda — mehmonlar uchun.
Tayyor QR kodni stolga qo'yasiz. SVG — istalgan o'lchamda aniq chiqadi.
QR kod o'sha-o'sha. Qayta chop etish hech qachon kerak bo'lmaydi.
02Imkoniyatlar
Aytib o'tirmaymiz — ko'rsatamiz.
Statistika
Menyu necha marta ochilgani kunma-kun ko'rinadi. Qaysi taom ko'proq qiziqtirgani ro'yxatda turadi. Kun, hafta, oy yoki o'zingiz tanlagan sana oralig'i bo'yicha.
Bu menyudan nima olib tashlash kerakligini ham ko'rsatadi.
Uslublar
Bitta bosishda butun menyu uslubi o'zgaradi — shrift, burchaklar, soyalar va rang birga. Keyin asosiy rangni o'zingizga moslaysiz.
Quyidagi to'rt karta — aynan menyudagi ko'rinish.
Izoh va baho
Mijoz taomga izoh qoldiradi va yulduz qo'yadi. Lekin u menyuda faqat siz tasdiqlaganingizdan keyin ko'rinadi.
Ya'ni "yomon izoh chiqib qoladi" degan xavotir yo'q.
QR kod
QR kod tayyor holda beriladi. SVG — istalgan o'lchamda aniq chiqadi. Menyuni keyin necha marta o'zgartirsangiz ham QR kod o'sha-o'sha.
Qog'oz menyu kerak bo'lsa — xuddi shu ma'lumotdan chop etiladi.
Telefoningiz bilan skanerlang — namuna menyu ochiladi
Buyurtma
Har stolda o'z QR kodi. Mijoz skanerlaydi, tanlaydi va yuboradi — afitsantning telefoni jiringlaydi va qaysi stol ekani darrov ko'rinadi.
Javob berilmasa eslatma qaytariladi. Buyurtma qabul qilinsa bildirishnoma o'zi o'chadi.
Kombo va texkarta
Bir necha taomni bitta to'plamga yig'asiz va narxini o'zingiz belgilaysiz. Qancha tejalishi mijozga o'zi hisoblanib ko'rsatiladi.
Tarkibidagi taom yashirilsa to'plam menyudan o'zi yo'qoladi — bajarib bo'lmaydigan buyurtma tushmaydi.
Yana nimalar bor
Mijoz menyuni ochgan — paroli ham o'sha yerda. Kuniga o'nlab marta so'raladigan savol yopiladi.
Bir marta kiritasiz — mijoz o'z tilida ko'radi. Tarjima bo'lmasa o'zbekchasi chiqadi.
O'tkir, vegetarian va allergen ma'lumoti. Mijoz so'ramaydi, xodim vaqti tejaladi.
Taom tarkibini yozasiz — mijoz menyuda ro'yxat bo'lib ko'radi. Ingredientni bittalab narxlash shart emas.
Har bo'limga rasm qo'yasiz. Uzun menyuda ko'z so'zni o'qigunicha rasmni topib bo'ladi.
Qavat va bo'limlarni o'zingiz yig'asiz, stollarni xohlagancha raqamlaysiz. Barcha QR bitta arxivda — nomida qayerniki ekani yozilgan.
Android ilova: buyurtma kelganda ovoz va kuchli tebranish. Shovqinli zalda ham seziladi.
Kim nechta buyurtmaga javob berdi va qancha tez. Har xodimning ish tarixi, bahosi va parolini o'zingiz boshqarasiz.
Sakkizta tayyor shablon va o'z rangingiz. Tanlaganingizni o'z taomingiz bilan darrov ko'rasiz.
Bugun nechta buyurtma javob kutyapti, qancha summa yig'ildi va o'rtacha qancha vaqtda javob berilyapti — bir qarashda.
03Narxlar
30 kun bepul sinab ko'ring — karta so'ralmaydi. Oylik yoki yillik to'lang.
30 kun bepul boshlash 30 kun bepul boshlash
100 000 so'm/oy 1 000 000 so'm/yil
To'lov qanday bo'ladi
Boshlash
Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Menyuni kiritib, kechga QR kodni stolga qo'yasiz. Savol bo'lsa qo'ng'iroq qiling — menyuni kiritishda ham yordam beramiz.
Choyxona oshidan qolishmaydi. Sabzisi ham xuddi kerakligicha.